7EDU • Terms & Conditions

7EDU Shartnoma

Ushbu shartnoma 7EDU va O’quvchi o‘rtasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Muddati

4 oy

Support

24–48 soat

Bekor qilish

3 kun ichida

I. Shartnoma maqsadi

1.1. Shartnoma O'quvchi va “7EDU” kompaniyasi o'rtasida ta'lim xizmatlarini ko'rsatish maqsadida tuziladi.

II. 7EDU kompaniyasining majburiyatlari

2.1. Kompaniya quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

2.1.1. Darsliklar bilan ta’minlash (kitob, daftar).

2.1.2. O’quvchilarga o’quv darsliklaridan qanday foydalanish bo‘yicha ma’lumot berish.

2.1.3. Platformaga o’quvchi tanlagan til kursi bo‘yicha ulab berish.

2.1.4. Support teacher (yordamchi ustoz) bilan bog‘lanish va zarur savollarga javob berish.

2.1.5. Dars shakli: video va audio darslar — o’quvchi o’zi ixtiyoriy o’rganadi.

III. O’quvchining majburiyatlari va huquqlari

3.1.1. Platformadagi darslarga qatnashish, yordamchi ustoz vazifa bersa vaqtida bajarish.

3.1.2. Agar yordamchi ustoz savollarga javob bera olmasa, 7edu.uz Instagram orqali shaxsiy xabarga yozing — 24–48 soat ichida yordamchi ustoz bog‘lanishi ta’minlanadi.

3.1.3. Agar kompaniya 2.1–2.1.5 bandlardan kamida bittasini bajarmasa, 3 kun ichida shartnomani bekor qilish mumkin.

3.1.4. Kompaniya o’quvchiga qo’ng’iroq qilsa o’quvchi javob berishi, Telegramda yozsa javob qaytarishi kerak.

IV. Shartnoma muddati

4.1.1. Shartnoma o’quvchiga yuborilgan sanadan boshlanadi va 4 oy amal qiladi.

V. Boshqa shartlar va fors-major holati

5.1.1. Har ikki tomon o‘z majburiyatlarini bajarishga kelishadi.

5.1.2. Shartnoma shartlarini o‘zgartirish faqat yozma ravishda amalga oshiriladi.

5.1.3. Shartnomaga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritish har ikkala tomonning roziligi bilan amalga oshiriladi.

5.1.4. Agar kompaniya 2.1–2.1.5 bandlardan kamida bittasini bajarmasa, 3 kun ichida shartnomani bekor qilish mumkin.

5.1.5. Kompaniya telefon qilsa yoki Telegramda yozsa va o‘quvchi javob bermasa — keyinchalik kompaniyaga e’tiroz bildira olmaydi.

5.1.6. Ushbu shartnoma o‘quvchiga Telegram orqali yuboriladi. O‘quvchi “roziman” desa, shartnoma haqiqiy deb topiladi.

VI. Tomonlar

Kompaniya

“7EDU NTT”

O‘quvchi

(F.I.Sh. / Telegram username)

Telegram orqali yuborilgan shartnoma matniga “roziman” deb javob berilgan taqdirda, shartnoma kuchga kiradi.

© 2026 7EDU. Barcha huquqlar himoyalangan.